Tabiiy sutdan olingan pasterizatsiyalangan yangi qaymoq tufayli nafis qaymoq ta’mi hamda xushbo‘y hidga ega. Buterbrodlar hamda oq qayla (sous) tayyorlash uchun, shuningek, sutli bo‘tqa va garnirlarga qo‘shimcha sifatida juda ham qo‘l keladi. Qanday pishiriqlar hamda kremlar tayyorlanishini aytmaysizmi! Мaz-za…
Moylilik foizi ancha past, shuning uchun qaymoq ta’mini yoqtiruvchilar, ammo kaloriyani undan ustun qo‘yuvchilar uchun mos keladi. Ishtaha ochuvchi yirik buterbrod yoki mitti kanape, sutli sho‘rva, pyure va makaron mahsulotlari. Sevimli taomlar ro‘yxatini cheksiz davom ettirish mumkin!
Tabiiy kakao-kukun, qaymog‘i olinmagan sut va pasterizatsiyalangan yangi qaymoq ajoyib shokoladli qaymoq ta’mini beradi! Uy pazandachiligi, buterbrodlar hamda desertlar uchun mo‘ljallangan. Agar farzandingiz nonushtaga sariyog‘ni xush ko‘rmasa, u holda unga shokoladlisini tavsiya qiling, u taklifingizni bajonidil qabul qiladi!