«Milk Euro Food» MCHJ Shveytsariya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi 2004-yilda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tashkil etilgan.
Ishlab chiqarishning texnologik asosini yetakchi Yevropa kompaniyalari — SPX, Benhil, Bock&Sohn modullari tashkil etadi. Bugungi kunda Milk Euro Food — Markaziy Osiyoda yog‘-moy sohasidagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyali korxonalarning biridir.
Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan va xalqaro Sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2015 hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi ISO 22000:2005 standartlariga muvofiq faoliyat yuritadi.