21 Yanvar 2021
Milk Euro Food mahsuloti sifati xalqaro “HALOL” sertifikati bilan tasdiqlangan

“Halol” sertifikati Milk Euro Food‘ning barcha mahsulotlari islom qonun-qoidalariga muvofiq ishlab chiqarilishini, ular tarkibida musulmonlar iste’mol qilishi uchun ta’qiqlangan komponentlar mavjud emasligini hamda zamonaviy ekologik talablarga javob berishini tasdiqlaydi.

2021-yil 20-yanvarda vakolatli kompaniya Milk Euro Food ishlab chiqarishini xalqaro “Halol mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, tashish va sotishga qo‘yilgan umumiy standart”iga rioya etish bo‘yisha auditdan o‘tkazdi.

Foydalanilgan barcha xomashyo va ingridientlar ham tekshiruvdan o‘tkazildi. Audit natijasiga ko‘ra Milk Euro Food kompaniyasidagi oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi menejmenti tizimining yuqori darajada ekanligi tasdiqlandi va kompaniya xalqaro “Halol” sertifikatini qo‘lga iritdi. «Халал Даму» jamoasiga hamda Qozog‘iston musulmonlari Diniy boshqarmasigai musulmonlar jamiyatida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ustidan yuritgan nazoratlari hamda beminnat xizmatlari uchun tashakkur bildiramiz.